Международное сотрудничество
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tomonidan yigirmadan ortiq halqaro tadbirlar (konferensiya, seminar, davra suhbatlari, treninglar va h.k.) tashkil etildi./2027 o‘quv yilidan boshlab ‒ “Sud faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura dasturi asosida o‘qitish tashkil etiladi.
Xorijiy davlatlarning sudyalarni o‘qitishga mo‘ljallangan ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
Hamkorlarimiz:
- YEXHTning O‘zbekistondagi Loyihalar koordinatori;
- BMT Taraqqiyot dasturi;
- USAID huquqiy islohotlar dasturi;
- “Mintaqaviy muloqot” xalqaro tashkilotining O‘zbekistonlagi filali;
- Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ):
- UNICEF xalqaro tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi;
- UNODC xalqaro tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi;
- Xalqaro yuristlar komissiyasi;
- Yaponiyaning JAICA tashkiloti;
- Kanadaning Sudyalar milliy instituti;
- Koreya Respublikasining Sud tadqiqotlari va ta’lim instituti;
- Yaponiyaning Nagoya Universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va boshqalar.
AQSH, Kanada, Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Turkiya, Qozog‘iston davlatlarining sudyalarni o‘qitish va tayyorlash bo‘yicha tajriba bevosita ushbu davlatlarning o‘zida o‘rganildi.
Shuningdek, Odil sudlov akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘tgan davr mobaynida Kanada, Xitoy, Yaponiya va Vengriya davlatlarida malaka oshirildi.