Kasbiy qayta tayyorlash uchun qabul

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish shartlari, talabgorlarga qo‘yiladigan talablar va qabul bosqichlari

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 avgustdagi PF–141-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan tartib asosida amalga oshiriladi. Mazkur tartib Sudyalar oliy kengashining 2025 yil avgust oyidagi qarori bilan tasdiqlangan.

  1. Qabulning umumiy shartlari

Kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul:

  • davlat granti asosida amalga oshiriladi;
  • qabul kvotalari Sudyalar oliy kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda belgilanadi;
  • har bir ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha xotin-qizlar uchun alohida kvota

Qabul jarayoni ochiqlik, shaffoflik, teng huquqlilik va adolatli tanlov prinsiplari asosida tashkil etiladi.

  1. Talabgorlarga qo‘yiladigan talablar

Qayta tayyorlash kurslariga, qoida tariqasida, quyidagi talablarga javob beruvchi shaxslar qabul qilinadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
  • oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • yuridik ixtisoslik bo‘yicha kamida 7 yil ish stajiga ega bo‘lishi;
  • kurs yakunlanishiga qadar 35 yoshga to‘ladigan bo‘lishi.

Ish staji diplom berilgan sanadan (xorijiy diplom bo‘lsa — nostrifikatsiya qilingan sanadan) keyingi mehnat faoliyati asosida hisoblanadi.

  1. Kirish sinovlariga qo‘yilmaydigan shaxslar

Quyidagi talabgorlar kirish sinovlariga qo‘yilmaydi:

  • jinoyat ishi bo‘yicha ayblanayotganlar;
  • sudlanganlar;
  • jinoyat ishi reabilitatsiya qilmaydigan asoslarda tugatilganlar;
  • xorijiy davlat fuqaroligiga ega bo‘lganlar;
  • muomalaga layoqatsiz deb topilganlar;
  • tibbiy cheklovlari mavjud shaxslar.
  1. Qabul yo‘nalishlari

Qabul quyidagi sud ixtisosliklari bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • fuqarolik sudi;
  • jinoiy sud;
  • iqtisodiy sud;
  • ma’muriy sud.
  1. Hujjatlarni topshirish tartibi

Talabgorlar hujjatlarni qabul komissiyasiga bevosita, yoki viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar sudyalari malaka hay’atlari orqali taqdim etadi.

Hujjatlar to‘liq bo‘lmagan yoki talablarga javob bermaydigan holda rasmiylashtirilgan taqdirda qabul rad etiladi.

  1. Kirish sinovlari bosqichlari

Kirish sinovlari 4 bosqichda o‘tkaziladi:

  • psixologik test;
  • xorijiy til testlari (ingliz, fransuz, nemis);
  • sud ixtisosligi bo‘yicha test;
  • idoralararo komissiya tomonidan o‘tkaziladigan insho va yakka tartibdagi suhbat.
  1. Baholash tizimi

Sinov natijalari quyidagi ball tizimi asosida baholanadi:

  • sud ixtisosligi bo‘yicha test — 39 ball;
  • xorijiy til — 12 ball;
  • insho — 30 ball;
  • suhbat — 19 ball.
  1. Reyting va qabul qilish tartibi

Qabul komissiyasi talabgorlarning jami to‘plagan ballari asosida reyting shakllantiradi hamda qabul kvotasi doirasida eng yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarni qayta tayyorlash kursiga qabul qilish uchun tavsiya etadi.

Qabul qilingan talabgorlar Akademiya rektorining buyrug‘i asosida tinglovchilar safiga kiritiladi. Qabul natijalari Akademiyaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallarida e’lon qilinadi.