Koruppsiyaga qarshi kurashish

Akademiya faoliyatida korrupsiyaviy omillarni bartaraf qilish bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi faoliyatida korrupsiyaviy omillarni bartaraf qilish, shuningdek kasbiy qayta tayyorlash kursiga nomzodlar, sudyalar va sud apparati xodimlarining korrupsiyaga murosasizligini taʼminlash yuzasidan muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Akademiya faoliyatida korrupsiyaviy omillarni bartaraf qilish bo‘yicha.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 avgustdagi “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–141-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov faoliyatini tashkil etishning asosiy masalalarini ko‘rib chiqish uchun Akademiya kengashi tashkil etildi. Kengash tarkibiga Akademiya xodimlari bilan birgalikda boshqa taʼlim va yuridik sohalardagi yetakchi olimlar va mutaxassislar ham kiritilgan.

Kengashning asosiy vakolatlariga:

(a) Akademiyada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari, dasturlari va malakaviy talablarni Sudyalar oliy kengashi va Oliy sud bilan kelishilgan holda tasdiqlash;

(b) professor-o‘qituvchilar tarkibining mehnatini meʼyorlashtirish, ish vaqtini faqat o‘quv tadbirlariga asoslangan holda mustaqil tashkil etish, shuningdek, pedagogik xodimlar tomonidan ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni bajarishni rag‘batlantirish;

(с) boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini, shuningdek, ushbu mablag‘lar hisobidan Akademiya xodimlariga oylik ustamalar belgilash mezonlarini tasdiqlash kabilar kiritilgan.

Akademiyaga kirish sinovlari va yakuniy davlat imtihonlar natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, murojaat qilishlari va o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida olib boruvchi imtihon komissiyasi tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish, uning qarorlari ustidan Kengashga shikoyat qilish tartibi belgilangan.