Safarlar

...

Boku shahri

2025 yil 18-19 dekabr kunlari Boku shahrida bo‘lib o‘tgan  “Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarda davlat hokimiyatini shakllantirishning konstitutsiyaviy asoslarining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi prorektori D.Aripov va Jinoyat huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Z.Omonovlar ishtirok etishdi. Konferensiyada Turkiy davlatlar sud-huquq kadrlarini tayyorlash tarmog‘iga a’zo davlatlar (Turkic Judicial Training Network (TJTN)- Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikarining sud va prokuratura sohasida kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi muassasalari vakillari ishtirok etishdi.
Batafsil
...

Qozog‘iston

2025 yil 10-11 dekabr Qozog‘iston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etilganligining 10 yilligini nishonlash va Turkiy davlatlar sud-huquq kadrlarini tayyorlash tarmog‘i (TJTN) doirasida Qozog‘iston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tomonidan tashkil etilgan "Inson huquqlarini himoya qilish va samarali odil sudlov: milliy an’analar va xalqaro standartlar muvozanati" mavzusida xalqaro forumda O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektori Sh.Abduqodirov va Magistratura fakulteti dekani N.Juraevlar ishtirok etishdi. Forumda inson huquqlarini himoya qilish va samarali adolatni ta’minlash sohasida milliy huquq tizimlarini xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil
...

Qozog‘iston 23.05.2025

2025 yil 22–23 may kunlari Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etilganligining 10 yilligi va Turkiy sud-huquq kadrlarni tayyorlash tarmog‘iga raislik doirasida Ostona shahrida o‘tkazilgan “Zamonaviy dunyoda qonun, huquq va adolat” xalqaro yuristlar kongressida Sudyalar oliy maktabi direktori H.-M. Isoqov va O‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i Palvanov ishtirok etdi. Tadbir doirasida qonun ustuvorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti masalalari muhokama qilindi, shuningdek delegasiya a’zolari Qozog‘iston Oliy sudi, Konstitutsiyaviy sudi va Bosh prokuraturasi faoliyati bilan tanishdilar.
Batafsil
...

Turkiya

2025 yil 27 aprel – 2 may kuni Turkiya Respublikasining Ankara shahrida joylashgan Adliya akademiyasida “Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlov” mavzusida xalqaro o‘quv kurs boshlandi. Turkiya Adliya akademiyasi va Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) hamkorligida tashkil etilgan mazkur dasturda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi vakili va Sudyalar oliy maktabi Kasbiy ko‘nikmalar kafedrasi mudiri Sh.Haqnazarov va Xalqaro hamkorlik bo‘limi bosh mutaxassisi F.Kayumova, Respublikaning barcha hududlaridan jinoyat va fuqarolik sudlari sudyalaridan iborat 12 kishilik delegasiya ishtirok etib, bolalar huquqi sohasida tajriba almashdi hamda sud-huquq sohasidagi o‘zaro hamkorlikning yangi imkoniyatlarini o‘rganildi.
Batafsil
...

Yaponiya

2025 yilning 24 fevraldan 5 mart sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy sud, Adliya vazirligi, TDYuU, Sudyalar oliy maktabi delegatsiyasi ishtirokida Tokio shahrida Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ko‘magida tashkil etilgan “Fuqarolik qonunchiligini takomillashtirishning dolzarb masalalari” bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar-treningda Sudyalar oliy maktabi Fuqarolik huquqi kafedrasi mudiri I.Nasriev ishtirok etdi.
Batafsil