Malaka oshirish va qayta tayyorlash
Qayta tayyorlash kurslari
Akademiyada sudya va sud apparati xodimlarining majburiy malaka oshirish kurslari
- besh yil muddatga tayinlangan sudyalar – har ikki yilda ikki haftadan kam bo‘lmagan;
- o‘n yil muddatga tayinlangan sudyalar – har uch yilda ikki haftadan kam bo‘lmagan;
- Oliy sud sudyalari, sud raislari va rais o‘rinbosarlari, shuningdek, muddatsiz davrga tayinlangan sudyalar – har uch yilda bir haftadan kam bo‘lmagan;
- faoliyat samaradorligi reytingining past ko‘rsatkichlariga ega sudyalar – navbatdan tashqari ikki haftadan kam bo‘lmagan;
- sud apparati xodimlari (sudya yordamchisi, devonxona va arxiv mudirlari) – har ikki yilda bir haftadan kam bo‘lmagan malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi.
Akademiyada amaldagi sudyalar uchun Oliy sud tomonidan belgilanadigan murakkab toifadagi ishlar bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Shuningdek, sud apparati xodimlarining malakasini oshirish Oliy sud buyurtmasi asosida rejali, shuningdek, ularning xohishiga ko‘ra ixtiyoriy amalga oshiriladi.
Qayta tayyorlash kurslari
Akademiyada tuman (shahar) va viloyat sudlarining tegishli rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada bo‘lgan sudyalar davomiyligi ikki oygacha bo‘lgan rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kurslarida o‘qitiladi. Shuningdek, rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining o‘qish davomida asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi. Tuman (shahar) va viloyat sudlarida tegishli rahbarlik lavozimlariga, qoida tariqasida, faqat rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan sudyalar tayinlanadi.