Akademiya kengashi
-
O‘zbekiston Respublikasi
Sudyalar oliy kengashining
2025 yil 4 sentyabrdagi 2049-sonli
qarori bilan tasdiqlangan
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Kengashi to‘g‘risida
N I Z O M
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil
21 avgustdagi “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-141-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi (bundan buyon matda Akademiya) Ustaviga muvofiq Akademiya Kengashi (bundan buyon matnda Kengash)ning huquqiy maqomi, asosiy vakolatlari va faoliyat tartibini belgilaydi.
- Umumiy qoidalar
- Kengash Akademiya faoliyatini tashkil etishning asosiy masalalarini ko‘rib chiqish va hal etish uchun faoliyat yuritadigan kollegial boshqaruv organi hisoblanadi.
- Kengash o‘z faoliyatini qonuniylik, oshkoralik, mustaqillik, kollegiallik, a’zolarning teng huquqliligi prinsiplari asosida amalga oshiradi.
- Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, qonunosti hujjatlari, Sudyalar oliy kengashi qarorlari, shuningdek Akademiya Ustavi va ushbu Nizomga muvofiq olib boradi.
- Kengashning maqsad va vazifalari
- Kengashning maqsadi – sud tizimi uchun har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va zarur kasbiy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish va takomillashtirish, yetuk sudyalar korpusini shakllantirish uchun zarur yuqori standartlarni joriy etish, Akademiyaning samarali faoliyatini ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.
- Kengashning asosiy vazifalari:
Akademiya faoliyatini tashkiliy va moddiy jihatdan tashkil qilish va uni amalga oshirishda ishtirok etish;
sudyalik lavozimiga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish, rahbarlik lavozimlariga sudyalarni qayta tayyorlash, magistratura kursini tashkil etish bo‘yicha talablarni belgilash;
Akademiyada ta’lim jarayoni hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etishga oid masalalarni hal etishdan iborat.
III. Kengash tarkibi va tashkil etilishi
- Kengash tarkibiga rektor, prorektorlar, kafedra mudirlari, boshqa tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, ta’lim va yuridik sohalardagi yetakchi olimlar va mutaxassislar, shuningdek amaliyotchi sudyalar va Kengash kotibi kiradi.
- Ryektor Kengash tarkibiga ta’lim va sud-huquq sohasidagi malakali mutaxassislar va yetakchi olimlarni kiritish huquqiga ega.
- Kengash tarkibi Akademiya rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
- Kyengashga Akademiya rektori raislik qiladi. Ryektor yo‘qligida O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha prorektor Kengashga raislik qiladi.
- Kyengash faoliyatiga doir hujjatlar Kyengash kotibi tomonidan yuritiladi. Kengash kotibi yo‘qligida Kengash a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan kotib vazifasini bajarish a’zolardan biriga yuklatilishi mumkin.
- Kengashning vakolatlari
- Kengashning asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:
Akademiyaning o‘quv-metodik, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari, dasturlari va malakaviy talablarni Sudyalar oliy kengashi va Oliy sud bilan kelishgan holda tasdiqlash;
Rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada bo‘lgan sudyalarni qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risidagi nizom, Sudyalar va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish kurslari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;
magistraturaga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish, magistratura talabalari tomonidan stajirovka o‘tash va ularni davlat attestatsiyasidan o‘tkazish tartiblarini, shuningdek magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilishga doir talablarni belgilash;
tinglovchilar va talabalar bilimini baholash tartiblari hamda malaka talablarini tasdiqlash;
professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar va kafedra mudirlari lavozimlarini egallash uchun tanlovlarni o‘tkazish;
professor-o‘qituvchilar tarkibi mehnatining me’yorini belgilash, ish vaqtini faqat o‘quv tadbirlariga asoslangan holda mustaqil tashkil etish, shuningdek, pedagogik xodimlar tomonidan ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni bajarishni rag‘batlantirish;
mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida o‘quv jarayonlariga jalb etiladigan mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini belgilash;
magistratura dasturlari bo‘yicha qabul parametrlari va to‘lov-kontrakt qiymatini belgilash bo‘yicha Sudyalar oliy kengashiga taklif kiritish;
Akademiya ichki tartib-qoidalari va axloq qoidalarini tasdiqlash;
Akademiya tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini tinglash;
professor, dotsent ilmiy unvoniga talabgorlarning hujjatlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etish;
falsafa doktori va fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar mavzularini tasdiqlash, ilmiy tadqiqotchilarni kafedralarga biriktirish va ularga ilmiy rahbar va maslahatchilar tayinlash;
ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama qilish va Akademiya nomidan xulosa berish;
darslik, o‘quv qo‘llanma, ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, ilmiy maqolalar to‘plamlarini muhokama qilish hamda nashr etishga tavsiya qilish;
“Odil sudlov akademiyasining faxriy doktori” unvoni bilan taqdirlash;
boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini, shuningdek, ushbu mablag‘lar hisobidan Akademiya xodimlariga oylik ustamalar belgilash mezonlarini tasdiqlash;
Akademiya faoliyatini rivojlantirishning joriy (yillik) va istiqbol rejalarini tasdiqlash, moliya-iqtisod faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish;
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq Akademiyaning o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlariga doir boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishi mumkin.
- Kengashning faoliyatini tashkil etish
- Kengash faoliyatining asosiy tashkiliy shakli Kengash majlisidir.
- Kyengash majlislari zaruratga qarab, lekin har uch oyda kamida bir marta chaqiriladi. Kyengashning majlislari uning raisi tomonidan yoki Kyengash a’zolarining kamida uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqiriladi.
- Kengash majlisi Kengash a’zolarining uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
- Kyengash majlisi kun tartibi, majlis o‘tkaziladigan joy va sana haqida Kyengash a’zolari kamida uch kun oldin xabardor qilinadi.
- Kyengash a’zolari muayyan masalani kun tartibiga kiritish haqida taklif kiritishga haqli. Kun tartibi Kyengash raisi tomonidan ovozga qo‘yiladi va tasdiqlanadi.
- Kengash qarorlari ochiq ovoz berish orqali majlis ishtirokchilarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan hollarda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
- Kengash qarori qabul qilingan paytdan kuchga kiradi.
- Kengash qarori majlis bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma Kengash raisi va kotibi tomonidan imzolanadi. Kengash majlisida muhokama qilingan barcha masalalar, bildirilgan taklif va mulohazalar bayonnomaga kiritilishi lozim.
- Yakuniy qoidalar
- Kengash raisi muntazam ravishda Kengash qarorlarining bajarilishi ustidan nazorat olib boradi va Kengash a’zolariga ularning natijalari haqida axborot beradi.
- Mazkur Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish Kengash qaroriga asosan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov
akademiyasi rektorining 2025-yil
3-dekabr 3-um-son buyrugʻiga ilova
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Kengashi tarkibi
|
№ |
F.I.Sh. |
Ish joyi va lavozimi |
|
1 |
Sherzod Yoqubjonovich Abduqodirov |
O’zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektori - Kengash raisi |
|
2 |
Dilshod Urinbayevich Aripov |
O’zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi prorektori v.v.b. |
|
3 |
Vakant |
O’zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Akademiya prorektori (lavozim boʻyicha) |
|
4 |
Xudoyqul Tojiyevich Azizov |
O’zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi dekani |
|
5 |
Nodirjon Savriddinovich Joʻrayev |
O’zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi dekani |
|
6 |
Tolibjon Avazxonovich Obidov |
O’zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi kafedra mudiri |
|
7 |
Ilxom Ismoilovich Nasriyev |
O’zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi kafedra mudiri |
|
8 |
Sobir Boratovich Xolbayev |
O’zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi kafedra mudiri |
|
9 |
Botir Bilolovich Samarxodjaev |
O’zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi kafedra mudiri |
|
10 |
Shavkat Xaqnazarovich Xaqnazarov |
O’zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi kafedra mudiri |
|
11 |
Dilshod Shavkatovich Isroilov |
O’zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi kafedra mudiri |
|
12 |
Izzat Toʻraevich Palvanov |
O’zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi boʻlim boshligʻi |
|
13 |
Ubaydulla Qurbonovich Mingboyev |
Oʻzbekiston Sudyalar Assotsiatsiyasi raisi |
|
14 |
Akmal Xolmatovich Saidov |
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori |
|
15 |
Alisher Otaxonovich Usmonov |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari |
|
16 |
Asqar Boisovich Gʻafurov |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi oʻrinbosari |
|
17 |
Alisher Abduxalimovich Jalilov |
Sudyalar oliy kengashi raisining oʻrinbosari |
|
18 |
Shuxrat Tagaymuratovich Polvanov |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari |
|
19 |
Malika Pirnazarovna Qalandarova |
Sudyalar oliy kengashi sudyasi |
|
20 |
Faxriddin Xoshim oʻgʻli Madiyev |
O’zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi oʻqituvchisi |