Doktorantura

Akademiyada oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi 141-son Farmoniga ko‘ra Odil sudlov akademiyasi sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashgan davlat ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanganligi bois O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq, 12.00.04 - Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va Mediatsiya, 12.00.05 - Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi, 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura, 12.00.08 - Jinoyat huquqi,  Jinoyat-ijroiya huquqi, 12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi, 12.00.10 - Xalqaro huquq ixtisosliklari bo‘yicha Akademiyada oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim instituti tashkil etilgan va yuqoridagi ixtisosliklar bo‘yicha doktorant (DSc), tayanch doktorant (PhD) va mustaqil izlanuvchilarni qabul qilish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirda 2 nafar doktorant (DSc), 12 nafar tayanch doktorant (PhD) va 100  nafardan ortiq mustaqil izlanuvchilar qabul qilingan bo‘lib, sud-huquq sohasidagi fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

Bugungi kunga qadar jami 2 nafar doktorant (DSc), 11 nafar tayanch doktorant (PhD) va 7 nafardan ortiq mustaqil izlanuvchilar muvofaqiyatli dissertatsiya himoyalarini amalga oshirishgan.

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi huzurida 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq hamda 12.00.04 - Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va Mediatsiya ixtisosliklari ilmiy darajalar beruvchi PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01 raqamli va 12.00.07-Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura, 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi, 12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi ixtisosliklari bo‘yicha DSc.27/2025.27.12.Yu.01.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tashkil etilib, faoiliyati yo‘lga qo‘yilgan.

12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq hamda 12.00.04 - Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va Mediatsiya ixtisosliklari ilmiy darajalar beruvchi PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01 raqamli ilmiy kengashda bugungi kunga qadar 40 dan ortiq dissertatsiyalar himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Akademiyada munatazam ravishda malakali mutaxassislar, fan doktorlari va professorlar ishtirokida respublika, xalqaro ilmiy amaliy konferensiyalar hamda fan soatlari o‘tkazilib kelinmoqda.