Magistratura

Akademiyada 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab “Sud faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha amaliy magistratura dasturi

Akademiyada magistratura bosqichida o‘quv jarayoni ta’limning kunduzgi va kechki shakllarida tashkil etiladi;

Akademiyaga qabul qilishda nomzodlarning muayyan toifalariga respublikaning boshqa oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi;

Akademiyada ta’lim olish muddati magistratura dasturi bo‘yicha bir yilni tashkil etib, bitiruvchilarga oliy yuridik ta’limning tegishli bosqichini yakunlaganligini tasdiqlovchi davlat namunasidagi diplom beriladi;

Akademiya magistratura dasturlari bo‘yicha qabul parametrlari har yili Akademiya Kengashi taklifi asosida Sudyalar oliy kengashi tomonidan tasdiqlanadi;

Akademiya magistraturasida o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida tashkil etilib, uning qiymati Akademiya Kengashi va Sudyalar oliy kengashi tomonidan belgilanadi.