Kafedralar

Kafedralar haqida umumiy ma’lumot

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ODIL SUDLOV AKADEMIYАSI “MA’MURIY-HUQUQIY FANLAR” KAFEDRASI  

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi “Ma’muriy-huquqiy fanlar” kafedrasi ma’muriy sud ishlarini yuritish, davlat boshqaruvi tizimida qonuniylikni ta’minlash hamda fuqarolarning davlat organlari bilan munosabatlarida huquqiy himoyani kuchaytirish masalalari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan.

Kafedra tomonidan sudyalik lavozimlariga nomzodlar uchun dual ta’lim shaklida “Ma’muriy sud ishini yuritish” o‘quv moduli asosida o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, kafedrada ma’muriy sudyalar, sud apparati xodimlarini malakasini oshirish, tuman (shaxar) va viloyat sudlarining tegishli rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada bo‘lgan sudyalar rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kurslarida,  respublika ma’muriy organ mutaxassislari uchun mo‘ljallangan qisqa kurslarida o‘quv mashg‘ulotlari muntazam ravishda olib boriladi. Ular zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan va sun’iy intellekt
imkoniyatlaridan foydalangan holda, interaktiv va amaliy yo‘naltirilgan usullarda tashkil etilmoqda.

O‘quv jarayoniga ma’muriy adliya sohasida katta tajribaga ega sudyalar, amaliyotchi mutaxassislar hamda xalqaro tashkilotlar ko‘magida xorijiy ekspertlar jalb qilinmoqda.  

Shuningdek, Odil sudlov akademiyasi tomonidan ma’muriy huquq va ma’muriy sud amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan, ma’muriy qonunchilik normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi masalalarini yorituvchi maxsus o‘quv-uslubiy adabiyotlar tayyorlanib, nashr etilmoqda.

“JINOYAT-HUQUQIY FANLAR” KAFEDRASI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.08.2025 yildagi “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-141-sonli farmoni asosida Odil sudlov akademiyasida sud tizimi uchun har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va zarur kasbiy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hamda sudya va sud apparati xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan tizimni tashkil etish maqsadida “jinoyat-huquqiy fanlar” kafedrasi faoliyat olib bormoqda. 

Kafedra tomonidan sudyalik lavozimlariga nomzodlar, sudyalar va sud apparati xodimlarini “Jigoyat huquqi”, “Jinoyat-protsessual huquqi”, “Ma’muriy javobgarlik huquqi” nomli o‘quv modullari asosida o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy AKT vositalaridan foydalangan holda, interaktiv usullarda o‘tkazilmoqda.

Odil sudlov akademiyasi tomonidan tinglovchilar, sudya va sud apparati xodimlari, qolaversa barcha huquqshunos amaliyotchilarning huquqni amaliyotda qo‘llanilishiga oid maxsus o‘quv adabiyotlari chop etilgan.

“IQTISODIY-HUQUQIY FANLAR” KAFЕDRASI 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 avgustdagi “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–141-son Farmoniga muvofiq tashkil qilingan O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tarkibida faoliyat yuritayotgan kafedralardan biri — Iqtisodiy-huquqiy fanlar kafedrasi (Department of Economic and Legal Sciences) hisoblanadi.

Kafedra tomonidan sudyalik lavozimlariga nomzodlar, sudyalar hamda sud apparati xodimlari uchun “Iqtisodiy huquq ixtisosligi bo‘yicha o‘quv kursi” doirasida o‘quv modullarini o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, interaktiv usullarda tashkil etilmoqda.

Ushbu asosda Odil sudlov akademiyasida quyidagi fanlar va o‘quv kurslari o‘qitilmoqda:

“Iqtisodiy huquq ixtisosligi bo‘yicha o‘quv kursi”;

“Sudyaning etikasi, kasbiy madaniyati va psixologiyasi”;

“Akademik yozuv ko‘nikmalari”;

“Sud tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt”;

“Odil sudlov va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar”;

“Konstitutsiyaviy huquq asoslari”;

“Sud tizimida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashish”;

“Mantiq”.

Kafedraning professor-o‘qituvchilar tarkibi ta’lim jarayonini ustoz–shogird an’analari asosida, “bo‘lajak sudyani sudya o‘qitadi” tamoyiliga muvofiq tashkil etish maqsadida ko‘p yillik sudyalik amaliyotiga ega, yuksak malakali huquqshunos olimlardan shakllantirilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tinglovchilar va sudyalar, sud apparati xodimlari uchun sud amaliyotida qo‘llashga mo‘ljallangan qator maxsus o‘quv adabiyotlari va amaliy qo‘llanmalar tayyorlanib, nashr qilingan. Jumladan, “Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud hujjatlari namunalari”, “Iqtisodiy-huquqiy fanlar bo‘yicha testlar to‘plami”, “Iqtisodiy sudlarga murojaat qilish tartibi”,  “Tadbirkorlar huquqi sud himoyasida”,  “Shartnomalar, da’vo arizalari, mediatsiya va hakamlik sudlari”, “Vakolatli sudlarda hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni yuritish”, “Hakamlik sudlari va hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni yuritish”,  “Iqtisodiy sudlarda hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni yuritish” kabi o‘quv-amaliy qo‘llanmalar sudlar faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashga xizmat qilmoqda.

“INSON HUQUQLARI, XALQARO HUQUQ VA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI

2020 yil 22 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6012-son farmonida inson huquqlari sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida barcha ta’lim muassasalari qatorida sudyalar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan muassasalarda ham «Inson huquqlari», «Ayollar huquqlari», «Bola huquqlari» o‘quv kurslarini joriy etish belgilangan. Shu asosda Odil sudlov akademiyasida 2021 yildan boshlab “Inson huquqlari, xalqaro huquq va ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi faoliyat olib bormoqda. 

Kafedra tomonidan sudyalik lavozimlariga nomzodlar, sudyalar va sud apparati xodimlarini “Odil sudlov va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar”, ”Konstitutsiyaviy huquq” nomli o‘quv modullari asosida inson huquqlari, konstitutsiyaviy huquq bo‘yicha o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy AKT vositalaridan foydalangan holda, interaktiv usullarda o‘tkazilmoqda. O‘quv jarayoniga xalqaro tashkilotlar yordamida nufuzli chet el ekspertlari jalb qilinmoqda.

Odil sudlov akademiyasi tomonidan inson huquqlari himoyasi va Konstitutsiya normalarini yanada kengroq ta’minlashga xizmat qiluvchi, Konstitutsiya, Inson huquqlari va Xalqaro huquq normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishiga oid maxsus o‘quv adabiyotlari chop etilgan.

“KASBIY KO‘NIKMALAR” KAFEDRASI

Kafedra 2025 yil 21 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-141 son farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tarkibida  sud tizimi uchun har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va zarur kasbiy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali kadrlar tayyorlash, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni kasbiy-psixologik jihatdan kasbga tayyorlash, kasb faoliyatida bilishi zarur hisoblangan etika, akademik yozuv, axborot texnologiyalaridan foydalanish va psixologik ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim oluvchilarda sudyalik kasbiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan dasturlarni joriy etish, bo‘lajak sudyalarda mustaqil, xolis, beg‘araz, faqat qonunga tayangan holda va adolat bilan ish yuritishni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan hamda faoliyat olib bormoqda. 

Kafedra tomonidan sudyalik lavozimlariga nomzodlar, sudyalar va sud apparati xodimlarini “Sud tizimida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashish”, ” Sud psixologiyasi, sudya etikasi va kasbiy madaniyati”, “Akademik yozuv ko‘nikmasi” va  “Sud tizimida zamonaviy axbrot texnologiyalari va sun’iy intellekt” nomli o‘quv modullari asosida kasb etikasi, psixologiya, akademik yozuv va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish bo‘yicha o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, seminar-treninglar tashkil etgan holda interaktiv tarzda o‘tkazilmoqda.

Kafedra a’zolari tomonidan sudyalikka nomzodlarni kasbga tayyorlashga oid ko‘plab maxsus o‘quv adabiyotlari chop etilgan.

“FUQAROLIK - HUQUQIY FANLAR” KAFEDRASI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.08.2025 yildagi “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-141-sonli farmoni asosida Odil sudlov akademiyasida sud tizimi uchun har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va zarur kasbiy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hamda sudya va sud apparati xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan tizimni tashkil etish maqsadida “fuqarolik-huquqiy fanlar” kafedrasi faoliyat olib bormoqda.

Kafedra tomonidan ta’lim jarayoni sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarida  fuqarolik, oila, uy-joy, mehnat va fuqarolik-protsessual huquqi modullari bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlari yuksak nazariy, ilmiy-amaliy darajada o‘tkaziladi. O‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy AKT vositalaridan foydalangan holda, interaktiv usullarda o‘tkazilmoqda.

Kafedra tomonidan “Fuqarolik protsessual huquqi”, “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish”, “Shaxsiy huquqlar: milliy qonunchilik va xalqaro standartlar”, “Oilaviy nizolar bo‘yicha isbotlash”, “Fuqarolik huquqiy fanlar bo‘yicha testlar” kabi darslik, qo‘llanma va to‘plamlar chop etilgan.