Rektorga murjaat
Rektor tabrigi
Hurmatli vatandoshlar, aziz tinglovchilar va bo‘lajak sudyalar!
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasiga xush kelibsiz!
Mamlakatimizda qonun ustuvorligi va odil sudlovni ta’minlash, sud tizimiga jamoatchilik ishonchini yanada mustahkamlash yo‘nalishida muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar doirasida sudyalar korpusini tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 avgustdagi PF–141-son Farmoni asosida Odil sudlov akademiyasi faoliyati sud kadrlarini tayyorlashning zamonaviy, amaliyotga yaqin va samarali modeliga o‘tkazilmoqda. Akademiyaning asosiy maqsadi — sudyalik lavozimiga nomzodlarni kasbiy qayta tayyorlash, sudyalar hamda sud apparati xodimlarining malakasini oshirish, shuningdek, sud-huquq sohasida ilmiy-uslubiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashdan iborat.
Akademiyada ta’lim jarayonlari zamonaviy o‘qitish usullari, tahliliy keyslar va interaktiv mashg‘ulotlar orqali tashkil etilib, tinglovchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari, xolislik va mas’uliyat tamoyillariga sadoqati mustahkamlanadi.
Aziz bo‘lajak sudyalar!
Sudyalik — xalq ishonchi va adolatni ta’minlash bilan bog‘liq yuksak mas’uliyatdir. Ushbu sharafli yo‘lda sizdan puxta bilim, halollik, xolislik va qat’iyat talab etiladi. Akademiya jamoasi sizlarning professional kamol topishingiz uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etadi.
Barchangizga muvaffaqiyat tilayman!
Hurmat bilan,
Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektori