2.Falsafa doktori (PhD) va Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka QABUL E’LON QILADI

19.01.2026 / 11:20
28

Talabgorlar 2026 yil 15 fevralga qadar http://phd.daraja.ilmiy.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Hujjatlar Odil sudlov akademiyasi Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan joriy yilning 15 fevralgacha Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uyda (mo‘ljal: sobiq Oliy xo‘jalik sudi binosi, 4-qavati) qabul qilinadi.

Eslatma: tanlovda ishtirok etish tartiblari, topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan.