O‘zbekiston Respublikasining 2026 yil 15 yanvardagi O‘RQ-1114-sonli Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Jinoyat kodeksi 73-moddasining to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan shaxs (bundan umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar mustasno), ya’ni jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo‘llanilmaydigan shaxslar, xususan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs, o‘ta xavfli residivist, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaning tashkilotchi va qatnashuvchilari, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tash davrida mahkumlarda to‘g‘ri ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan adabiyotlar ro‘yxatidagi kitoblarni o‘qilganligi fakti tasdiqlangan taqdirda, unga nisbatan tayinlangan jazoni o‘tash muddati qisqartirilishi mumkin. Bunda jazoni o‘tash muddati har bir o‘qilgan kitob uchun uch kunga, biroq bir yilda ko‘pi bilan o‘ttiz kungacha qisqartirilishi mumkin;
Mazkur holatlarda jazoni o‘tash muddatini qisqartirish jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining taqdimnomasiga yoxud qonunda belgilangan tartibda mahkumning yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga ko‘ra sudya tomonidan amalga oshiriladi;
Jazoni o‘tash davrida mahkumning kitob o‘qiganligi faktini aniqlash uning jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatiga bergan arizasiga asosan, jazoni ijro etish muassasasi xodimlaridan, shuningdek jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Boshqa yangiliklar
-
O‘zbekiston Respublikasining 2026 yil 15 yanvardagi O‘RQ-1112-sonli Qonuni bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
-
Prezident Murojaatnomasida belgilangan sud-huquq islohotlari: nazariya va amaliyot uyg‘unligi
-
Sudyalar mustaqilligini amalda ta’minlash - davr talabi
-
2026 yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”: islohotlarning yangi bosqichi